Faol va tashabbuskor xotin-qizlar e’tirof etildi
Jizzax viloyat hokimligida “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari, ““Innowomanweek” ixtirochi ayollar haftaligi, “100 nafar olima ayol” hamda “XXI asr ayoli” tanlovlarining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etib, viloyatining faol va tashabbuskor xotin-qizlarini e’tirof etdi.
Shu bilan birga oktyabr oyida nishonlangan Xalqaro qizlar va Qishloq ayollari kunlari munosabati bilan eng faol, jamoatchi qizlar va hududlarda halol mehnati ila tanilgan xotin-qizlar viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

So‘nggi yillarda “Gender tenglik faoli”, “Yil ayoli” milliy tanlovlarini o‘tkazishning ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Bu yil mazkur tanlovlarning shahar va tuman bosqichlariga jami 83 nafar nomzod hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan 9 nafari tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etilmoqda.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari