Fabio Kapello: "Italiyada futbolchilar piyoda yuradi va faqat kerak bo‘lsa yuguradi"
Boshqa mamlakatlarda esa yugurishadi va sprintni amalga oshiradi.
Italiyalik taniqli murabbiy Fabio Kapello o‘z yurti terma jamoasining Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani va muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.
"Terma jamoa - bu Italiya chempionatining aksi. Italiyada futbolchilar piyoda yuradi yoki istasa yuguradi xolos. Boshqa mamlakatlarda esa yugurishadi va sprintni amalga oshiradi. Agar biror o‘yinda tez yugurishga to‘g‘ri kelsa-yu, biroq sen bunga o‘rganmagan bo‘lsang, senga oson bo‘lmaydi", - dedi Kapello.
Eslatib o‘tamiz, Italiya mundial saralashida Bosniyaga imkoniyatni boy berib, turnirdan quruq qolgan edi.