Esselar tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori» mavzusidagi esselar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ta’lim maskanlarida tanlovning maktab bosqichida 68 ming 649 nafar, tuman,(shahar) bosqichida jami 13 ming 408 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.
Tanlovda ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fani o‘qituvchilari yo‘nalishi bo‘yicha 1-uringa Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 13-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilorom Berdimurodova loyiq topildi.
Tanlovning viloyat bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 27 nafar g‘olib respublika bosqichida qatnashdi. Birinchi guruhda mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy to‘g‘risida film namoyish etilgan bo‘lsa, 2-guruh Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida buyuk musavvir Behzod ijodi bo‘yicha esselar yozdi.
Tanlovda ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fani o‘qituvchilari yo‘nalishi bo‘yicha Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 13-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilorom Berdimurodova loyiq topildi.
Boshqa fanlar bo‘yicha birinchi o‘ringa Jizzax viloyati Forish tumani 38-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sevara Shukurova sazovor bo‘ldi.
– Bunday tanlovlar o‘qituvchilarni ona tilini o‘qitish bo‘yicha yanada ko‘proq izlanishga, o‘z ustida ishlashga undaydi, – dedi Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 13-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Dilorom Berdimurodova. – Tanlov bahonasida hamkasblar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashishga muvaffaq bo‘ldik.
Tantanali tadbirda g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda talaba-yoshlar ishtirokidagi badiiy-mustqiy dastur namoyish etildi.
Nazokat Usmonova, O‘zA