Ertaknamo bog‘ barchani o‘ziga chorlamoqda
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida ishga tushirilgan Magic City madaniyat va istirohat bog‘i mo‘jizaviy ko‘rinishi bilan tashrif buyuruvchilarni hayratga solmoqda.
Davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi bilan xorijiy investitsiya ishtirokida yangilangan bog‘ qariyb 21 gektar hududda qad rostladi. Bog‘ yil davomida faoliyat yuritishi va kattaligi jihatidan Osiyoda yagona.
Loyiha ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, bir vaqtning o‘zida 450 tomoshabinga xizmat ko‘rsatadigan Rim Kolizeyi ko‘rinishidagi amfiteatr, 6 ta zaldan iborat kinoteatr, attraksionlar joy olgan o‘yingoh, ertaknamo qasr, maydoni 8500 kvadrat metr bo‘lgan musiqali favvora, avtomobillar turargohi qurildi.
[gallery-2660]
Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda tematik park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi. Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.
Oqil G‘ULOMOV (surat), O‘zA