Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Unda Jahon chempionatiga tayyorgarlik, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan OAV vakillari bilan muloqot tashkil etiladi.
Xabaringiz bor, 6-26-may kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionati oldidan soʻnggi tayyorgarlik yigʻinlarini oʻtkazmoqda. Terma jamoamiz ushbu yig'in doirasi Superligamizning uchta klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishi rejalashtirilgan.
Ertaga 12-may kuni soat 16:15da milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Unda Jahon chempionatiga tayyorgarlik, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan OAV vakillari bilan muloqot tashkil etiladi.