Ertaga “CAFA U-17 Championship 2025” turniri start oladi
FOTOREPORTAJ
Bugun poytaxtimizda “CAFA U-17 Championship 2025” turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etmoqda. Jamoalar 2 ta guruhga bo‘lingan holda uchrashuvlarni o‘tkazadi. Barcha futbol o‘yinlari Toshkent viloyatidagi «Terma jamoalar markazi» stadionida bo‘lib o‘tadi.
[gallery-23530]
Matbuot anjumanida barcha futbol jamoasi bosh murabbiylari o‘yin, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi haqida batafsil to‘xtab o‘tdilar. So‘ngra ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan futbol va uning atrofidagi muammolar haqida savol-javob uyushtirildi.
O‘smirlarimiz dastlabki uchrashuvni ertaga Qirg‘iz Respublikasi jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA