Eronning MAGATE bilan tuzgan bitim muddati tugadi
Tehron bundan buyon Xalqaro atom energiyasi tashkilotiga o‘z yadroviy ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmaydi.
Eron parlamenti rahbari Muhammad G‘alibaf shunday bayonot berdi, deyiladi “Al-Hadath” tarqatgan ma’lumotda.
“MAGATE bilan bitim muddati tugadi, biz yadroviy ob’ektlarimizga doir ma’lumotlarni endilikda unga bermaymiz”, dedi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Eronning uranni boyitish bilan bog‘liq bundan buyongi harakatlari “yadroviy bitim” bo‘yicha muzokaralar jarayonini murakkablashtirishini aytgandi.