Eron yangi sanksiyalardan choʻchigani yoʻq
Eron yangi sanksiyalardan choʻchigani yoʻq, lekin 4 noyabrda joriy qilinadigan navbatdagi sanksiyalar majmui Qoʻshma Shtatlarning navbatdagi adolatsizligidan dalolat deb qabul qilindi.
Eron yangi sanksiyalardan choʻchigani yoʻq, lekin 4 noyabrda joriy qilinadigan navbatdagi sanksiyalar majmui Qoʻshma Shtatlarning navbatdagi adolatsizligidan dalolat deb qabul qilindi. Reuters xabariga koʻra, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shunday bayonot bergan. “Hukumat Amerikaning tahdididan qoʻrqmaydi, shuni odamlar aniq bilishi kerak”, deydi prezident.
Maʼlumot uchun, AQSHning Eronga sanksiyalaridagi ikkinchi bosqichda mazkur mamlakat neft eksportiga oid taqiqlarni joriy qilish nazarda tutiladi.