Eron BMTda ovoz berish huquqini tikladi
Eron Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zolik bo‘yicha qarzini to‘lab, Bosh assamleyada ovoz berish huquqini tikladi, dedi mazkur davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonchiy.
Avvalroq Eron qarzdorligi tufayli Bosh assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etilgani, ushbu vakolatni tiklash uchun 18,4 million dollarga teng qarzini to‘lashi lozimligi ma’lum qilingandi.
Vakilning: “Eron har doimgidek, badalni vaqtida to‘laydi, hozir bu isbotini topdi”, mazmunidagi so‘zlarini “Mehr” agentligi iqtibos sifatida keltirgan.