Eron 2025 yil mudofaa byudjetini uch barobar oshiradi
Eronning kelasi yil uchun mudofaa byudjeti uch karra, ya’ni 200 foizdan ko‘proq oshiriladi, dedi Eron hukumati vakili Fotima Mohajaroniy maxsus uyushtirilgan matbuot anjumanida.
ISNA agentligi ayni mavzuda hukumat vakilidan iqtibos keltirib, shunday yozgan:
– Mamlakat xarajatini to‘liq qoplaydigan byudjetda mamlakat mudofaa ehtiyojini qondirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bois harbiy byudjet sezilarli darajada – 200 foizdan ko‘proq o‘sishiga guvoh bo‘lyapmiz.