Erdog‘an Rossiya va Turkiya munosabati to‘g‘risida
Turkiya va Rossiya munosabati ijobiy rivojlanmoqda, Anqara aloqalar yanada kengayishiga umid qilmoqda, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an “TRT” telekanaliga intervyusida.
“Albatta, orada ayrim kelishmovchiliklar bor, biroq bu muammolar ijobiy rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatga ta’sir qilmayapti. Rossiya bilan aloqani o‘zaro manfaatli va salohiyatli sohalarda taraqqiy ettirishimiz kerak”.
Davlat rahbari fikriga ko‘ra, 19 iyul kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan “Astana uchligi” sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara “juda ijobiy kechib, avvalgilaridan ancha farq qildi. Boshqa muhim masalalarni ham xotirjam muhokama qildik”, - dedi Erdog‘an.