Eng kuchli pumsechilar aniqlandi
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan taekvondoning Pumse yoʻnalishi boʻyicha “Biz uni yenga olamiz" shiori ostida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Onlayn tarzda “ZOOM” dasturi orqali tashkil etilgan mazkur mamlakat chempionatda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 200 nafarga yaqin taekvondochilar ishtirok etdi. Musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida Mavlon Rustamov, Samandar Sarayev va Jonibek Normamatov tengsiz topilgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida Maftuna Umarova, Anna Tabakova hamda Shahnoza Shodmonova gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Shuningdek, “Biz uni yenga olamiz" shiori ostida oʻtgan mamlakat birinchiligida Hasanboy Abdugʻaniyev erkaklar oʻrtasida, Lobar Yandasheva esa ayollar oʻrtasida eng yaxshi sportchi deya eʼtirof etildi. Chempionatning eng yaxshi hakami Abror Karimov, eng yaxshi murabbiyi Nuriddin Toshev boʻldi.
Mamlakat chempionatida gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.