Eng faol talaba va o‘qituvchilar taqdirlandi (+video)
O‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb qilish hamda darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirish maqsadida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Respublikamizdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tanlov va tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
2025 yilning 31 yanvar sanasida poytaxtimizdagi Zakovat arenasida 2024 yil davomida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan 8 ta tanlovlarning tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nVQV3ZNVBi0" title="Eng faol talaba va o‘qituvchilar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Nishonboy ABDUVOITOV (montaj), O‘zA