Energiya resurslaridan töğri foydalaniş — hayot xavfsizligi garovi
Kuz-qiş mavsumida aholining energiya resurslariga bölgan ehtiyoji ortişi bilan ulardan xavfsiz va oqilona foydalaniş masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, isitiş mavsumida is gazidan zaharlaniş, gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi va yonğin bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş, eng avvalo, inson hayoti va salomatligini asraşni taqozo etadi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan aholi xavfsizligini taʼminlaş, mahallalarda profilaktika işlarini kuçaytiriş, fuqarolar uçun munosib va xavfsiz yaşaş şaroitlarini yaratişga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham bu boradagi vazifalarning ustuvorligini belgilaydi. Şu maqsadda mamlakatimizda ötkazilayotgan “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi” doirasida Buxoro viloyatida ham keng qamrovli profilaktik işlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda viloyatda taşkil etilgan hududiy ştab faoliyati Milliy gvardiya qömondoni örinbosari, polkovnik S.Mamayuusupov tomonidan örganildi.
Örganiş davomida kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarida energiya resurslaridan xavfsiz foydalanişni taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar atrofliça körib çiqildi. Xususan, is gazidan zaharlaniş, gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi va yonğin kabi favqulodda holatlarning oldini olişda masʼul taşkilotlar oldiga qöyilgan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratildi. Zero, xavfsizlikni taʼminlaş faqat sodir bölgan hodisaga munosabat bildiriş emas, balki uning oldini oliş, xavf manbalarini öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişdan boşlanadi. Şu nuqtai nazardan, hududiy ştab faoliyatida idoralararo hamkorlikni muvofiqlaştiriş, işçi guruhlar samaradorligini oşiriş va profilaktik tadbirlarni manzilli taşkil etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Örganiş jarayonida köp kvartirali uylar va yakka tartibdagi xonadonlardagi gaz hamda elektr jihozlari, isitiş peçlari, dudburon va şamollatiş kanallarining texnik holatini nazorat qiliş masalalari ham körib çiqildi. Aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolğiz keksalar istiqomat qiladigan xonadonlarda profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, aholi örtasida energiya resurslaridan töğri foydalaniş qoidalarini keng tuşuntiriş, is gazining xavfi va undan himoyalaniş çoralari böyiça tarğibot işlarini tizimli yölga qöyişga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼlim muassasalari, talabalar turar joylari va boşqa ijtimoiy obʼektlarda xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Polkovnik S.Mamayuusupov ştab faoliyatini samarali taşkil etiş, masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etiş hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan doimiy nazorat örnatiş böyiça tegişli körsatmalar berdi.
Aslida, energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş madaniyatini şakllantiriş faqat bir oylik tadbirlar bilan çeklanib qolmasligi kerak. Bu har bir xonadonda amal qilinişi lozim bölgan hayotiy qoida, har bir fuqaroning şaxsiy masʼuliyatidir. Çunki oddiy ehtiyot çorasi baʼzan inson hayotini saqlab qolişi mumkin.
“Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi”ning ahamiyati ham şunda: u nafaqat mavsumiy xavf-xatarlarning oldini oliş, balki jamiyatda ogohlik va masʼuliyat muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Eng muhimi, kuz-qiş mavsumini har bir xonadonda xotirjamlik, xavfsizlik va osoyiştalikda ötkazişga qaratilgan bu işlar inson hayotini asraşdek ezgu maqsadga yönaltirilgan.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri