Endi standartlar ekspertizadan bepul oʻtkaziladi
Jumladan, oʻtgan yilda institut tomonidan 810 ta standartlar ekspertizadan oʻtkazilib 522 tasi davlat roʻyxatiga kiritildi.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarga keng koʻlamli amaliy koʻmak berish borasida Standartlar instituti tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, oʻtgan yilda institut tomonidan 810 ta standartlar ekspertizadan oʻtkazilib 522 tasi davlat roʻyxatiga kiritildi.
“Oʻzstandart” agentligining “Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish va tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonining shaffofligini taʼminlash toʻgʻrisidagi” buyrugʻi ijrosi boʻyicha tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma qilinmagan holda amalga oshirib kelinmoqda. Oʻtgan chorakda jami 450 million soʻmlik 590 ta tashkilot standartlari ekspertizadan bepul oʻtkazildi.
Standartlar instituti tomonidan standartlar ekspertizasi uchun taqdim etilgan 87 ta,jumladan, elektrotexnika mahsulotlariga oid – 39 ta, oziq-ovqat mahsulotlariga oid – 21 ta, qurilish mahsulotlariga oid – 5 ta, veterinariyaga oid – 9 ta, kimyo sanoatiga oid – 7 ta, polimer mahsulotlariga oid – 6 ta tashkilot standartlari (Ts) amalda texnik reglamentlar (UzTR), davlatlararo standartlar (GOST) va davlat standartlari (Oʻz DSt) mavjudligi uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas deb topildi, bu esa oʻz oʻrnida, bir turdagi mahsulotlarga takrorlanuvchi standartlar koʻpayishini oldini oldi.
Tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 500 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) oʻrniga tegishli quyidagi mahsulotlar uchun 5 ta davlat standartlari (Oʻz DSt) loyihalari ishlab chiqildi va davlat roʻyxatiga olindi:
Oʻz DSt 3396:2019 Idish-tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti oʻrniga;
Oʻz DSt 3397:2019 Qovurilgan pistalar, yongʻoqlar va noʻxat. Texnikaviy shartlar – 145 ta tashkilot standarti oʻrniga;
Oʻz DSt 3398:2019 Sanitariya-gigiyenik maqsadlar uchun moʻljallangan qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari. Texnikaviy shartlar – 88 ta tashkilot standarti oʻrniga;
Oʻz DSt 3399:2019 Qurtlar. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti oʻrniga;
Oʻz DSt 3400:2019 Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar – 112 ta tashkilot standarti oʻrniga.
Texnikaviy shartlar – 51 ta tashkilot standarti oʻrniga davlat standartlari ishlab chiqilib, ayni shu yuzasidan agentlik qarori loyihasi tayyorlangan.
Standartlar instituti Matbuot xizmati