Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot brigadalarining vazifalariga ham to‘xtalib o‘tdi. Ushbu brigadalar mahalla va oilalar kesimida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha manzilli skrining tadbirlarini o‘tkazdi. 

Shuning uchun, homiladorlar, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, tug‘ish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari amalga oshirilishi zarur. Bunda, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi bor, qandli diabet, infarkt, insult, onkologik va boshqa ijtimoiy kasalliklarga moyil bo‘lganlarning alohida ro‘yxati yuritilib, ular individual patronajga olinadi. Bundan buyon, bepul tibbiy yordam uchun tor soha shifokorlari, tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalariga yo‘llanmani oilaviy shifokor beradi. Shuningdek, bepul tarqatiladigan dorilarga retsept berish ham oilaviy shifokorlarga yuklatiladi.

Mahalladagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlari, hududdagi kasalliklarning o‘sishi, aholining shifoxonalarga yotishi va tez yordamga murojaatiga qarab oilaviy shifokorlar faoliyatiga baho beriladi.

Qaysi oilaviy shifokor aholiga ko‘proq xizmat ko‘rsatsa, shunga yarasha u o‘zining brigadasi bilan ko‘proq oylik oladi, dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati misolida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarida jami 220 ta “tibbiyot brigadasi” tashkil etilib, ularga 1 ming 200 nafar o‘rta tibbiyot xodimi biriktirilishi qayd etildi. Ushbu “tibbiyot brigadalari” oilaviy tibbiyot bo‘yicha o‘qitiladi.

Shuningdek, 26 ta tuman va shaharda “tibbiy xarita”ni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. 

“Tibbiyot brigadalari” tomonidan aholining salomatlik holati baholanib, ularning elektron bazasi yaratiladi. Bunda, viloyat, tuman va shahar mahalliy byudjeti hisobidan “tibbiyot brigadalari” planshet, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari (tarozi, puls-oksimetr, tonometr, mobil EKG) bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, ushbu tumanlardagi qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalar internetga ulanadi.

Prezident mazkur masalalar bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimlari hamda Samarqand tibbiyot instituti rektori ushbu ishlarni qanday tashkil etishi haqida ma’lumot berdi.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi oilaviy shifokor aholiga qancha ko‘p xizmat ko‘rsatsa, brigadasi bilan shuncha ko‘p oylik oladi