Emlash–ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi
Koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘lmaydi, biroq fuqarolarning o‘zi bu emlashning zarurligini tushunishlari kerak. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videoanujman shaklida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy yig‘ilishda bu haqda aytib o‘tdi.
Rossiya rahbari emlash masalasida turli fikrlar bildirilayotganini qayd etdi. "Menimcha,majburiy emlashni joriy qilish maqsadga muvofiq emas, mumkin ham emas”, - dedi davlat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, “fuqarolarning o‘zi bu ehtiyojni anglab yetishi” va emalashsiz ular “juda jiddiy va hatto halokatli xavfga duch kelishi mumkinligini” tushunishi lozim.
Cheklovlar olib tashlanib, iqtisodiyot tiklanishi bilan, korxona va tashkilotlarning odatiy ish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, oldinda yozgi ta’tillar ham bor.
Bularning barchasi insonlarning bir-biri bilan yanada ko‘proq muloqotda bo‘lishi, jamoat joylariga tashrif buyurishini anglatadi. Bunday sharoitda, infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirish juda muhimdir. Buning uchun esa, jamoaviy immunitetni shakllantirish kerak.
Majlisda Rossiya Prezidenti fuqarolarni ommaviy emlashda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Bizning mamlakatimizda ham emlash jarayonlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasiga muvofiq, tibbiy aralashuvning dastlabki zarur sharti - fuqaroning o‘z ixtiyori bilan unga rozilik berishi hisoblanadi. Emlash ham tibbiy aralashuv sanaladi. Shu bois, hech kim sizning hohishingizga qarshi emlashni amalga oshirmaydi. Qonunga muvofiq, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun tibbiy aralashuvga rozilik ularning qonuniy qonuniy vakillari tomonidan beriladi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA