Elit OÇL: Maşaripov iştirokidagi «Istiqlol» ğalabasi
Futbol böyiça Elit Osiyo çempionlar ligasining umumiy bosqiçi 4-tur uçraşuvlari «Istiqlol» — «Al-Şamol» va «Al-Hilol» — «Şabab Al-Ahli» klublari bahsidan söng öz yakuniga yetdi.
«Istiqlol» klubi Iroqning Basra şahrida ötkazilgan «Al-Şamol» jamoasiga qarşi öyinda 1:0 hisobida zafar quçdi. Uçraşuvning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Ikkinçi bölimga qöşib berilgan vaqtning birinçi daqiqasida Jasir Asani tomonidan kiritilgan gol Tehron klubiga ğalaba keltirdi.
Mazkur uçraşuv özbek muxlislari uçun alohida ahamiyat kasb etdi. Sababi, bahsni özbekistonlik hakamlar brigadasi boşqardi. Boş hakam Asker Najafaliyevga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam berdi. VAR tizimida Firdavs Norsafarov va Abduraşid Xudoyberganov iş olib bordi.

Şuningdek, Tehron klubi safida ham ikki nafar hamyurtimiz harakat qildi. Jaloliddin Maşaripov uçraşuvni asosiy tarkibda boşlab, töliq ötkazdi. Rustam Aşurmatov esa bahsning sönggi daqiqalarida Jasir Asani örniga maydonga tuşdi.
Turning yana bir uçraşuvida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi BAAning «Şabab Al-Ahli» jamoasini 2:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvdagi har ikki golga angliyalik hujumçi Olli Uotkins mualliflik qildi.
Eslatib ötamiz, bu turda Masqat şahridagi «Sulton Qobus» majmuasida keçgan «Traktor» — «Neftçi» uçraşuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Toşkentning «Paxtakor» jamoasi esa öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga 2:6 hisobida mağlub böldi.


4-tur doirasida «Al-Vasl» «Eyr Fors»ni 4:3 hisobida mağlub etdi. «Al-Ittihod» «Al-Ayn»ga 1:4, «Al-Garafa» esa «Al-Qodisiya»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Al-Sadd» va «Al-Ahli» jamoalari örtasidagi bahsda esa hisob oçilmadi — 0:0.
Uşbu turda qayd etilgan natijalardan söng, Elit Osiyo çempionlar ligasining umumiy bosqiç jadvalida «Al-Ayn» 12 oçko bilan karvonboşilik qilmoqda. «Al-Hilol», «Istiqlol» va «Şabab Al-Ahli» klublari 9 oçko töplab, gollar nisbatiga köra, 2-4 örinlarga taqsimlangan bölsa, «Al-Qodisiya» va «Al-Ahli» jamoalari 8 oçko bilan 5-6 poğonalarni band etgan.
«Al-Nasr» jamoasi zaxirasida bitta uçraşuv bölişiga qaramay, 6 oçko bilan 7-örinni egallab turibdi. «Al-Şamol» 5 oçko bilan 8-poğonadan joy olgan. «Neftçi» va «Al-Ittihod» 4 oçkodan jamğarib, 9–10-örinlarni band etgan. «Al-Vasl» hamda «Eyr Fors» hisobida 3 oçkodan mavjud bölib, mos ravişda 12- va 13-örinlarni egallagan. «Traktor», «Paxtakor» va «Al-Sadd» jamoalari 2 oçkodan jamğargan.

Elit Osiyo çempionlar ligasi musobaqasining Ğarbiy mintaqasida 5-tur uçraşuvlari 23–24-noyabr kunlari bölib ötadi.
23-noyabr:
18:45 — «Neftçi» — «Al-Hilol»
21:00 — «Al-Ayn» — «Istiqlol»
21:00 — «Al-Şamol» — «Al-Ahli»
21:00 — «Traktor» — «Al-Vasl»
23:15 — «Al-Ittihod» — «Paxtakor»
23:15 — «Eyr Fors» — «Al-Garafa»
24-noyabr:
21:00 — «Şabab Al-Ahli» — «Al-Qodisiya»
23:15 — «Al-Nasr» — «Al-Sadd»
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA