Elektr tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilmoqda
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan hududiy filialida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida kabel tarmog‘ini tortish ishlari davom etmoqda.
Namangan shahrida joylashgan 110/6 kVli “Vokzal” nimstansiyasidan chiquvchi “Navoiy-1” va “Navoiy-2” kabel tarmoqlari o‘tgan yillar davomida ma’nan eskirgani hamda nosozliklar sabab ko‘p shikastlangan. Shu bois, kuz-qish mavsumida tarmoqda elektr uzilishlari tez-tez sodir bo‘lib, bu jarayon hududda istiqomat qiluvchi aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi. Ayni vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish maqsadida eskirgan kabel tarmoqlari to‘liq yangilanmoqda.
[gallery-13671]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA