Eksport istiqboliga bag‘ishlangan muloqot
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan “Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari” mavzusida korxona vakillari va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Eksportchilar uyushmasi, “UzTest” davlat muassasasi, eksportchi korxona rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi davlatimiz rahbarining joriy yil 1 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini davlatimiz tomonidan belgilab berilgan imtiyoz va qulayliklar bilan tanishtirish, muammo va to‘siqlarni aniqlash va hal etish, ularning taklif va mulohazalarini o‘rganishdir.

Ochiq va erkin muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglandi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.