“Ekologik audit to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi o‘rganildi
Turli ko‘rinishdagi ekologik muammolar ko‘lami ortib borayotgan bugungi sharoitda ekologik auditning ahamiyati ham ortib bormoqda. Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi bilan hamkorlikda “Ekologik audit to‘g‘risida”gi qonunning Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ijro etilishi holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
Nazorat-tahlil o‘rganishlarida ma’lum bo‘lishicha, mazkur qonun ijrosi doirasida “ECOREQUEST” platformasi yaratilgan. Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan.
Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi huquqiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida OʻzMSt “Ekologik audit. Oʻtkazish tartibi” milliy standarti loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur o‘rganish yakunlari muhokamasida deputatlar ekologik audit tizimini amaliyotga samarali joriy etish, ekologik auditorlarni tayyorlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratdi.
M.Komilova,
O‘zA