Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Bayram kunlarida “Temir daftar”ga kiritilgan 8 ta ehtiyojmand oilaning holidan xabar olinib, ularning har biriga 400 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti topshirildi.

– Mamlakatimizda yordamga muhtoj oilalar hamisha e’tiborda, – deydi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Altin Palvanova. – Bayram kunlarida holimizdan xabar olishgani uchun minnatdormiz.
Xayriya tadbirlari shahar va tumanlarda davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA