Dzyudochilarimiz Gruziyaga yo‘l oldi
Lasha Gudjedjiani yetakchiligidagi mamlakatimiz dzyudochi yigitlari hamda Andrey Shturbabin bosh murabbiyligidagi dzyudochi qizlarimiz joriy yilning 28-30-avgust kunlari Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tadigan "Katta dubulg‘a" turkumidan joy olgan xalqaro turnirda ishtirok etish uchun yo‘l oldi.
Dunyoning 78 davlatidan 529 nafar mahoratli dzyudochilar qatnashadigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar yigit hamda 11 nafar xotin-qiz sportchilari Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Aytish lozim, Lasha Gudjedjiani 2020-yilning dekabridan shu yilning iyuligacha Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan. Uning boshchiligidagi gruzin dzyudochilari “Tokio-2020” olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2025-yili esa Gruziya jamoasi jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 315 nafar erkak, 214 nafar ayol dzyudochi qatnashadigan nufuzli turnir 30-avgustga qadar davom etadi
T.Ro‘ziyev, O‘zA