DXX: tarozibonlik uchun 80 ming dollar
Qarshi shahrida yashovchi 1977-y.t. shaxs, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni “Qarshi ikkilamchi qora metall” MCHJga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 80.000 AQSH dollari talab qiladi.
Oxirgi paytlarda firibgarlik toʻgʻrisida koʻp gapirilyapti, boshqalar tegishli xulosa chiqarishlari uchun bu haqida koʻrsatuvlar, lavhalar namoyish etilyapti. Ming afsuski, ayrim adashgan insonlar qilayotgan ishlari xato ekanligini bilsalarda bu yoʻldan qaytmayaptilar. Birovni ishonchiga kirib, turli nayranglar bilan oʻzgalarning pulini olishga urinishmoqda.
Qarshi shahrida yashovchi 1977-y.t. shaxs, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni “Qarshi ikkilamchi qora metall” MCHJga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 80.000 AQSH dollari talab qiladi.
Haqli savol tugʻiladi. Shuncha mablagʻ talab qilinayotgan qanday lavozim boʻldi u. Buni qarangki oddiy tarozibonlik uchun 80.000 AQSH dollari. Keling shu oʻrinda bir mulohaza yuritaylik, katta mablagʻ evaziga ishga joylashgan odam uni ortigʻi bilan chiqarib olish uchun qingʻir yoʻlga kirmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Qarabsizki jinoyat izidan jinoyat.
DXX Qashqadaryo viloyati hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur firibgar soʻralgan 80.000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda qoʻzgʻatilgan Jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.