Dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi rahbarning oyligi yana 1 million dollar oshiriladi
Singapur hukumati vazirlar va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi siyosiy rahbari hisoblangan Bosh vazir Lorens Vongning yillik maoshi oshirilishini e’lon qildi.
Endi uning bir yillik daromadi taxminan 1,1 million dollar qo‘shilib, 2,8 million dollarni tashkil etadi. Vong bu mablag‘ni keyingi besh yil ichida xayriya yo‘lida sarflashini aytdi. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, maosh oshirilishi hukumatga ko‘proq iqtidorli mutaxassislar jalb qilish uchun zarur. Avval ham Singapur rasmiylari yuqori to‘lovni korrupsiya xavfini kamaytirish istagi bilan bog‘lagan edi.
Darvoqe, Gonkong Bosh ijrochi direktori Jon Li 719 000, Shveysariya Prezidenti Gay Parmelin 606 000, AQSH Prezidenti Donald Tramp 400 000 va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Byornem 230 000 dollar yillik maoshga ega.
S.Rahimov, O‘zA