Dunyo yoshlarining nigohi Samarqandda (+video)
Joriy yil 4-6-sentabr kunlari Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlamentchilar XII global konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayoni, tadbirning ahamiyati va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov bilan suhbatlashdik.
Muloqot davomida konferensiya aynan yurtimizda o‘tkazilayotgani yoshlar siyosatiga xalqaro miqyosda bildirilayotgan yuksak e’tiborning muhim ifodasi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, muhokama qilinadigan dolzarb masalalar, yosh parlamentchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro tajriba almashish va kelgusi hamkorlik istiqboli haqida so‘z bordi.
Suhbatni O‘zA “YouTube” sahifasida tomosha qiling!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6fhg2ro9P7w?si=0OkEWDA2OTuATl2D" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA