Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
-
Pxetxongtxan Chinavat Tailand Bosh vaziri etib saylandi
“Pia Tay” (“Tailand uchun”) partiyasi yetakchisi 37 yoshli Pxetxongtxan Chinavat mamlakatning 31-Bosh vaziri bo‘ldi. Parlament sessiyasida deputatlar uni ko‘pchilik ovoz bilan sayladi.

Hukumatning sobiq boshlig‘i Taksinning kichik qizi, mamlakat tarixiga xolasi Йинглакдан keyin ikkinchi ayol rahbar sifatida kirgan Pxetxongtxan Chinavat xonadonining yetakchilikka ko‘tarilgan uchinchi vakili, ushbu yuqori lavozimga loyiq ko‘rilganlarning eng yoshi hisoblanadi.
Trampning navbatdagi va’dasi

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp agar saylovda g‘alabaga erishsa, Vashington Eronga do‘stona munosabatda bo‘ladi, deya va’da berdi.
– Men Eronga yomon munosabatda bo‘lmoqchi emasman, – dedi u Nyu-Jersi shtatida o‘tkazilgan, Amerika telekanallari namoyish qilib borgan matbuot anjumanida.– Biz bu mamlakatga do‘st bo‘lishimizdan umidvorman. Faqat Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak.
AQSH prezidenti saylovi 5 noyabrga belgilangan.
Ukraina Rim statutini ma’qullayapti

Ukraina Xalqaro Jinoiy sud (XJS)ning Rim statutini ratifikatsiya qilish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan. Saytda qonun loyihasi matni keltirilmagan.
Sharhda aytilishicha, “qonun loyihasi Ukraina jinoyat kodeksi bandlarini Rim statuti me’yoriga moslashtirish, xususan genotsid, bosqinchilik, insoniyatga qarshi va harbiy ko‘rinishdagi eng og‘ir xalqaro jinoyatga qo‘l urgan shaxslarni jinoiy-huquqiy ta’qib qilish”ga qaratilgan.
Ukraina mazkur hujjatni haligacha ratifikatsiya qilmagan. Umuman, XJS yurisdiksiyasini tan olmagan davlatlar orasida Rossiya, AQSH, Хитой, Hindiston, Turkiya, Озарбайжон, Беларuсь, Misr, Indoneziya, Эрон, Qozog‘iston, kabi yirik davlatlar ham bor. Hozirgacha Rim statutini 137 davlat imzolagan, 124 mamlakat ratifikatsiya qilgan.
AQSH Italiyaga dron sotadi

AQSH Davlat departamenti Italiyaga oltita MQ-9 zarbdor dron sotilishini ma’qulladi. Pentagon ma’lum qilishicha, xarid qiymati nazorat qilish markazi, radar va qo‘shimcha jihoz bilan birga jami 738 million dollarni tashkil qilgan.
To‘plamda uchoq yerdan boshqarib turiladigan uchta stansiya majmuasi, dengiz kengligini kuzatish imkoniga ega to‘qqiz dona radar hamda boshqa zarur jihozlar bor.
Shvetsiyada ham maymun chechagi qayd etildi

Shvetsiya sog‘liqni saqlash agentligi ma’lum qilishicha, maymun chechagi bilan bog‘liq Afrika qit’asidan tashqaridagi ilk holat ushbu mamlakatda aniqlandi.
Avvalroq Afrika Kasalliklarning oldini olish va vaziyatni nazorat qilish markazi (CDC) qit’ada maymun chechagi avj olishi sababli favqulodda holat e’lon qilgan va xalqaro hamjamiyatni ikki millionga yaqin dozadan iborat vaksina yig‘ishda yordam berishga chaqirgan edi. Chorshanba kuni JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ushbu epidemiyani jamoat salomatligi uchun xavfli, xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat sifatida baholadi.
Pentagon: Ukrainaga berilayotgan AQSH qurollaridan foydalanish siyosati o‘zgarishi mumkin

AQSH Ukrainaga yuborayotgan qurol turlari va ushbu aslahalardan foydalanish siyosatini o‘zgartirishi mumkinligini istisno etmaydi. Bu jang maydonidagi harbiy harakat qanday davom etishi bilan bog‘liq. Ayni mazmundagi bayonot Pentagon rasmiy vakili o‘rinbosari Sabrina Singx tomonidan berilgan.
– Jang maydonida vaziyat o‘zgarsa, biz ham jarayonga moslashamiz, – dedi u jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda. – Shunday ekan, hech narsa istisno etilmaydi. Zero, urushning borishi o‘zgarib turibdi. Biz ukrainlarga nima kerak bo‘lsa, shuni beryapmiz.
Sabrina Singx nutqi davomida F-16 qiruvchi samolyotlarini misol qilib keltirdi. Uning aytishicha, avvallari Kiyevga kerak bo‘lmagan bunday uchoqlar hozir ukrain harbiylari ixtiyoriga berilgan.
S.Rahimov, O‘zA