Dunyo tennischilari Farg‘onada raqobatlashdi
Farg‘onada o‘smirlar o‘rtasida J100 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblar nomi aniqlandi.
Quvonarlisi, xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Sabrina Omonova juftliklar o‘rtasida neytral tennischi Arina Maligina bilan birgalikda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida neytral tennischilar Yekaterina Agureyeva hamda Aleksandra Malova juftligini 6:4, 6:3 hisobida yengdi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida esa Arina Maligina bosh sovringa ega chiqdi.
Shuningdek, o‘g‘il bolalar orasida neytral tennischi Ivan Gretsskiy yakkalik uchrashuvlarida barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Hindistonlik Arnay Paparkar va Sehaj Sing Pavar dueti chempionga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA