Dunyo qilichbozlari Toshkentda raqobatlashmoqda (+video)
Poytaxtimiz qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
16 noyabr kuniga qadar davom etadigan nufuzli turnirda O‘zbekiston, Xitoy, Braziliya, Turkiya, Polsha, Argentina, Nigeriya, Isroil, Hong Kong, Vengriya, Hindiston, Qozog‘iston, Koreya, Serbiya, Chexiya Respublikasi, Germaniya kabi davlatlardan kelgan 280 nafardan ortiq qilichbozlar ishtirok etmoqda.
Kuni kecha musobaqaning o‘g‘il bolalar bahsida qozog‘istonlik Kaim Aybar, qizlar o‘rtasidagi bahsda esa vengriyalik Brigitta Rats yakkalik yo‘nalishida barcha raqiblarini yengdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Afsuski, milliy terma jamoamiz vakillari chorak final bosqichidan o‘ta olmadi.
Bugun, 14 noyabr sanasida yosh qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari o‘tkazildi. Quvonarlisi, bellashuvlarda hamyurtimiz Ayako‘z Jumamuratova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Endi 15-16 noyabrda yoshlar o‘rtasida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishda kuchlilar saralanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vzMURBlDlm8" title="Dunyo qilichbozlari Toshkentda raqobatlashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev, Oybek Davronov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA