Dunyo milliarderlarining yangi reytingi eʼlon qilindi
Bugungi kunga kelib dunyo milliarderlarining daromadi kuniga 2,5 milliard dollardan oshib bormoqda, shu bilan birgalikda jahon aholisini eng kambagʻal yarmining yashash uchun daromadlari kamayib bormoqda.
Bugungi kunga kelib dunyo milliarderlarining daromadi kuniga 2,5 milliard dollardan oshib bormoqda, shu bilan birgalikda jahon aholisini eng kambagʻal yarmining yashash uchun daromadlari kamayib bormoqda.“Oxfam International report” jurnalining dushanba kuni eʼlon qilingan maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda butun dunyo boʻyicha milliarderlar soni 2 ming 208 nafarga yetgan. Oʻn yil avvalgi dunyo moliyaviy inqirozidan soʻng milliarderlar soni deyarli ikki barobarga oshgan.
Shveytsariyaning Davos shahrida oʻtkazilgan Butunjahon Iqtisodiy Forumi dunyodagi eng boy va eng nufuzli kishilarni birlashtirishga harakat qilgan. Forumda chop etilgan 106 sahifalik hisobot boy va kambagʻallar oʻrtasidagi oʻsib borayotgan boʻshliqqa eʼtibor qaratishga moʻljallangan.
Dunyoning eng badavlat 26 kishisining jami boyligi oʻtgan yili 1,4 trillion AQSH dollarini tashkil etdi - bu 3,8 milliard kambagʻal kishilarning umumiy boyligi demakdir.
Forbes jurnali maʼlumotlariga koʻra, ushbu mega boylarning aksariyati amerikaliklardir. Nomzodlar orasida Jeff Bezos (Amazon), Bill Geyts (Microsoft), Varren Buffett (Berkshire Hathaway) va Mark Sukerberglar (Facebook) asosiy oʻrinlarni band etgan. Ular boyligining umumiy qiymati 357 milliard dollarni tashkil etadi.