Drift bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Avtosport va karting milliy federatsiyasi tomonidan drift bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 31 nafar drayver va 4 ta jamoa kurash olib bordi. Tomoshabinlar drift ustalarining mohirona chiqishlariga guvoh bo‘lib, haqiqiy adrenalin va hayajonni his qilishdi.

Tadbir davomida tomoshabinlar ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qiluvchi maxsus amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.
Shuningdek, eng ilg‘or va zamonaviy gibrid avtomobil modellari taqdimoti ham tashkil etildi.


Gulnoza Boboyeva,
O‘zA