Do‘smuxamedova Adolat Maxmudjon qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Birlamchi ochiq burchakli glaukomada endotelial disfunksiya holati va uni korreksiya qilish usullari» mavzusida
Do‘smuxamedova Adolat Maxmudjon qizining 14.00.08- “Oftalmologiya” ixtisosligi bo‘yicha «Birlamchi ochiq burchakli glaukomada endotelial disfunksiya holati va uni korreksiya qilish usullari» mavzusidagi tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 29 avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+998 66) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz