Diyego Simeone Ispaniya tarixiga kirdi
"Atletiko" jamoasi Ispaniya La ligasi 15-turi doirasida "Real Sosedad" klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba Diyego Simeone uchun madridliklar boshqaruvidagi 300-g‘alabasi bo‘ldi.
300- g‘alaba uchun argentinalik mutaxassisga 499 ta o‘yin kerak bo‘ldi va u La ligada qisqa vaqt ichida shunday g‘alabaga erishgan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Bunday natijani ilk bor "Real" ustozi Migel Munos qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Simeone "Atletiko"ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Madrid klubi mazkur murabbiy qo‘l ostida jami 7 ta sovringa erishgan.