Direktor o‘z ishiga qayta tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo sudining 2025 yil 20 maydagi ijro hujjatida javobgar tuman Madaniyat bo‘limiga Madaniyat markazi direktori lavozimida ishlagan da’vogar B. A. ni ishga tiklash belgilangan.
Shunga qaramay, javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmaganligi sababli da’vogar B. A. Maburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro harakati olib borilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikga asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.
Shuning natijasida da’vogar B. A. Beruniy tumani Madaniyat bo‘limi rahbarining buyrug‘iga asosan, o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta tiklandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri