Dezinfeksiya ishlarida uzilish yoʻq
Koronavirus pandemiyasi tufayli xalqimiz sinovli kunlarni boshdan oʻtkazmoqda.
Koronavirus pandemiyasi tufayli xalqimiz sinovli kunlarni boshdan oʻtkazmoqda. Mamlakatimizning barcha joylarida aholi salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlari tizimli olib borilayapti.

Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiyalogik osoyishtalik markazi, Milliy gvardiya va yana boshqa hamkorlar tomonidan ommaviy dezinfeksiya qilish ishlari oʻtkazildi. Unda 20 ga yaqin maxsus transportlar va 70 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida shahardagi A.Dosnazarov, Amir Temur, Toʻrtkoʻl guzari, Qoraqalpogʻiston kabi markaziy koʻchalarga dezinfeksiya eritmasi sepildi.
