“Devis kubogi“: II Jahon guruhidagi raqibimiz Hongkong
Tennis bo‘yicha erkaklar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Devis kubogi“ musobaqasining II Jahon guruhiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, terma jamoamizning navbatdagi raqibi Hongkong termasi bo‘ldi. Ushbu terma jamoalar bahsi sentyabr oyida o‘tkaziladi. Biroq ayni damda mazkur bellashuv qanday qoplamali kortda va davlatda o‘tishi hamda aniq sanasi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi pley-off bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Buning natijasida tennischilarimiz II Jahon guruhiga tushib qoldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA