Deputatlar “35 yilga – 35 ko‘chat” aksiyasida ishtirok etdi
Ayni bahor mavsumida butun mamlakatimiz bo‘ylab yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan ko‘chat ekish aksiyalari tashkil etilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlardagi gektarlab maydonlarga qadalayotgan nihollar ertaga yurtimizning yashillik darajasini kengaytirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekopartiya fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi deputatlari Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “35 yilga – 35 ko‘chat” aksiyasida ishtirok etdi.



Aksiya doirasida 2 gektar maydonga 300 tupga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, xalq vakillari hududda yashil maydonlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bilan ham tanishdi.
Muhtarama Komilova, O‘zA