Deputat aralashuvi bilan muammo bartaraf etildi
Davlatimiz rahbarining saylovoldi dasturida qayd etilgan “Inson qadri uchun” degan buyuk g‘oya ostida O’zLiDePdan saylangan deputatlar joylarda saylovchilarning muammolarini o‘rganmoqda.
Jumladan, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi deputatlari tomonidan xalqni rozi qilish uchun keng shart-sharoitlar yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati Mahmud Qodirov o‘zi saylangan hudud, ya’ni Birlik mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davomida tabiiy gaz bosimi pastligi to‘g‘risidagi murojaatni o‘rganib chiqdi.

Ob-havoning salqin tushishi bilan aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ikki barobar ortadi. Shuning uchun ham deputat saylovchilar muammosini atroflicha o‘rganib chiqdi. Mutaxassislar bilan birgalikda ӯrganish natijasida mahalla ahli uchun kelib turgan gaz quvurining eskirganligi, shuning uchun ham gaz bosimi pasayib ketganligi aniqlandi.
Mazkur muammo deputat aralashuvi bilan ijobiy hal qilindi. Ya’ni 25 ta xonadonga alohida 1 ta gaz taqsimlagich o‘rnatib berildi va eskirgan 200 metr gaz quvuri yangisiga almashtirildi.
O‘zA