Dehqonlar dastlabki baraka urug‘ini yerga qadadi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Xovos tumani Farhod SIU hududida g‘alla ekish va g‘o‘za defoliatsiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Dilmurod Abdurahmonov, tuman sektorlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, ilmiy tadqiqot instituti vakillari hamda tegishi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, g‘alla urug‘i yerga qancha erta qadalsa, hosil ham erta ko‘tarilishi aniq. Shu bilan birga, g‘o‘za agrotexnikasi va uni yetishtirishda mexanizatsiyalash darajasini oshirish muhim tadbirlardan ekanligi qayd etildi.
[gallery-13259]
Dastlab, ekin maydoniga nuroniylar hamda sektor rahbarlari tomonidan baraka urug‘i qadaldi. Shundan so‘ng, g‘alla ekish va g‘o‘zaga so‘nggi agrotexnik tadbirni sifatli amalga oshirish bo‘yicha kerakli ma’lumot, ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA