Defoliatsiya – muhim agrotexnik tadbir
Namanganda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish tadbirlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Namanganda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish tadbirlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.Namangan viloyati hokimligi mas’ul xodimlari, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari, mutaxassislar, fermerlar hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mamlakatimizda fermerlik harakatini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Joriy yilda viloyatda 82 ming 600 gektar maydonda paxtaning mahalliy iqlim sharoitiga mos, serhosil va ertapishar navlari yetishtirildi. Shundan 69 ming gektar paxtazorni defoliatsiya qilish rejalashtirilgan.
– Defoliatsiya o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilganda g‘o‘za barglari to‘liq to‘kilib, ko‘sak 10-15 kun erta pishib yetiladi, – deydi viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Olimjon Qayumov. – Bu terim suratini oshirishi bilan birga, g‘o‘za kasalliklari, zararkunandalar, ayniqsa, qora shira tushgan maydonlarga samarali ta’sir qiladi. Ko‘sak va tolaning chirishini kamaytirib, hosildorlik yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda defoliatsiya tadbirlarini tez va sifatli amalga oshirish maqsadida 102 otryad tashkil etilgan.
Ishtirokchilar viloyat “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati Uychi tumani filialida defoliatsiya tadbirini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.