Debatdan keyin Harris ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda
“Reuters” agentligi va “Ipsos” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasi Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi vitse-prezident Kamala Harris televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilgan debatdan so‘ng saylovchilar qo‘llab-quvvatlovi bo‘yicha respublikachi raqibi, sobiq Prezident Donald Trampni besh foiz farq bilan ortda qoldirayotganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida amerikaliklarning 47 foizi Harrisga ovoz berishga tayyor, respondentlarning 42 foizi Trampni yoqlashini bildirgan. So‘ralganlarning raqobatchilar o‘rtasida hafta boshida kechgan bahs-munozaradan xabardorlari debatda Harris ustunlik qilganini aytgan.