Davlatobodda yangi loyihalar amalga oshirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” tematik parki yangi mavsum arafasida yanada obodlashtirilmoqda.
Umumiy maydoni 58 gektarni tashkil etuvchi hordiq maskanida sport va milliy o‘yinlar maydonlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, 3,6 gektarlik sun’iy ko‘l va favvoralar, 2 504 o‘rinli amfiteatr, avtoturargoh, savdo shoxobchalari hamda 32 gektar yashil hudud barpo etilgan. Mazkur maskan aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish infratuzilmasiga ega.
[gallery-27881]
Shu bilan birga, “Yangi Namangan shaharchasi” loyihasi doirasida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilmoqda. Jumladan, 21 qavatli uylar barpo etilmoqda. “Yashil makon rezidensiyasi” turar joy majmuasida ham qurilish ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda.
Umumiy qiymati 363 milliard so‘m bo‘lgan majmua doirasida 9, 12 va 21 qavatli turar joylar, mehmonxona, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilmoqda. Loyiha asosida zamonaviy infratuzilma va yo‘l-transport tarmoqlari izchil shakllantirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA