Davlatobodda banandan tortib papayyagacha yetishtirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Rancho MMS” xususiy korxonasi faoliyat yuritmoqda. Korxona tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa fursat ichida noyob sitrus mevalarini yetishtirish orqali e’tibor qozonib ulgurdi. Ayni paytda bu yerda 30 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.
[gallery-27463]
Umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi issiqxona xo‘jaligining qariyb yarmida limon, banan, ananas, mandarin va papayya kabi sitrus mevalari yetishtirilmoqda. Qolgan 3 gektar maydonda esa pomidor va bodring parvarishlanyapti. Yetishtirilayotgan mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan.
E’tiborli jihati shundaki, sitrus mevalar bilan bir qatorda ko‘chat hamda qulupnay yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA