“Darxon baliqlari”da endi dam olish ham mumkin
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Darxon baliqlari” fermer xo‘jaligi tomonidan tashkil etilgan dam olish maskani bugungi kunda aholining eng sevimli joyiga aylanmoqda.
Umumiy yer maydoni 3,5 gektardan ortiq xo‘jalikning 1,5 gektarida joylashgan dam olish maskani 70 o‘rinli mehmonxona, 3 ta cho‘milish suv havzasi, baliq ovlash hovuzlari, bar va restoranlarni o‘z ichiga olgan.
[gallery-2579]
– Dastlab baliqchilik xo‘jaligi bilan ish boshlagan edik, — deydi xo‘jalik rahbari Sobirjon Turdiyev. – Yurtimizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan e’tiborni inobatga olib, xo‘jalikda ekoturizm yo‘nalishida mahalliy va xorijlik sayyohlarga mo‘ljallangan dam olish maskanini tashkil etdik. Rejamiz bo‘yicha yiliga 25-30 ming mahalliy va xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni mo‘ljallayapmiz.
Loyihaning umumiy qiymati 5 milliarddan ortiqni tashkil etayotgan dam olish maskani to‘liq ishga tushgach bu yerda yetmishdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA