Darsliklardagi muammolarga yechim topildimi?
2019/2020 o‘quv yilining boshlanishida 1-3-8-9-sinflariga poligrafik va dizayn jihatidan zamonaviy talablarga javob beradigan to‘liq to‘plamdagi darsliklar, 2-4-sinf chet tili mashq daftarlari, 7-sinflar uchun chet tili darslik va metodik qo‘llanmalar, jami 479 nomdagi 36,5 million nusxa darsliklar nashr qilinib, joylarga yetkazilgan.
2019/2020 o‘quv yilining boshlanishida 1-3-8-9-sinflariga poligrafik va dizayn jihatidan zamonaviy talablarga javob beradigan to‘liq to‘plamdagi darsliklar, 2-4-sinf chet tili mashq daftarlari, 7-sinflar uchun chet tili darslik va metodik qo‘llanmalar, jami 479 nomdagi 36,5 million nusxa darsliklar nashr qilinib, joylarga yetkazilgan.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinflari uchun ingliz, fransuz va nemis tili fanlaridan 2019/2020 o‘quv yili uchun darslik majmualariga multimedia ilovalari yaratildi va 27 ming 487 nusxada DVD disk shaklida ko‘paytirilib maktablarga yetkazildi.
1-11-sinflar uchun barcha kitoblar raqamlashtirilib, ularning elektron shakllari www.eduportal.uz axborot ta’lim portaliga joylashtirildi.
Ammo mutaxassislar umumta’lim maktabi darsliklaridagi muammolar hali to‘liq bartaraf etilmagani, xatoliklarni to‘g‘rilash vaqt olishini ham ta’kidlayapti.
Vazirlikning 2019 yilgi hisobotida qayd etilishicha, 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) yangi namunadagi attestat blankalari QR-kod belgisi o‘rnatilgan holda 747 ming 410 nafar bitiruvchilarga taqdim etildi hamda maxsus elektron tizim orqali attestatlarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati yaratildi. 5 ming 57 nafar maktab bitiruvchisi barcha fanlarni alo baholarga bitirib, oltin va kumush medal bilan taqdirlangan.
O‘quvchilar fanlarni mustaqil o‘zlashtirishi uchun Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida Khan Academy Xalqaro ta’lim platformasini mahalliylashtirish loyihasi ishga tushirildi va 5 mingdan ortiq videodarsliklar o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida boshqa xorijiy tillarni, jumladan, nemis va fransuz tillarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi, misol uchun, o‘tgan o‘quv yiliga (2018/2019) nisbatan nemis tilini o‘qituvchi maktablar soni 54 taga oshdi (2018 yilda 1623 maktab). Fransuz tilini o‘qituvchi maktablar soni o‘tgan o‘quv yiliga (2018/2019) nisbatan 44 taga oshdi (2018 yilda 1143 maktab).