Cirdaryolik uy bekalarining bilimi “Zakovat”da sinaldi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida uy bekalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva nafosat sohibalarini yaqinlashib kelayotgan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
[gallery-10815]
Bellashuv jarayonida uy bekalari o‘z zukkoligi, topqirligi va bilimdonligini sinovdan o‘tkazdi. O‘yin qiziqarli bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA