Chim xokkey: asakaliklar bosh sovrin sohibi
O‘zbekiston Chim xokkey federatsiyasi hali bahor boshlanmasidanoq qator rasmiy musobaqalar o‘tkazishga ulgurdi.
Qish oyining so‘ngi o‘n kunligining o‘zida ikkita sport tadbiri uyushtirildi. Indor xokkey bo‘yicha Urganchda yosh yigit-qizlar (2005 y.t.) o‘rtasida Kubok o‘yinlari o‘tkazilgan bo‘lsa (bu haqda xabar berganmiz), kecha Andijon shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga yakun yasaldi.

Murosasiz va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bahslar nihoyasiga ko‘ra ayollar o‘rtasida Buxoro viloyati vakillari bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi o‘rin farg‘onaliklarga, uchinchi o‘rin esa namanganliklarga nasib etdi.
Erkaklar o‘yinlarida Asaka shahri jamoasi shohsupadan joy oldi. Andijon viloyati bosh jamoasi ikkinchi, farg‘onaliklar esa uchinchi bo‘lishdi.
Oybek YUNUSOV, O‘zA