Chexiyalik sayyohni telefoni topib berildi
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari unutib qoldirilgan “Iphone se” rusumli telefonni topib, o‘z egasiga kaytardi.
Joriy yilning 12 yanvar kuni, Xiva shahriga sayohatga kelgan Chexiya davlati fuqarosi Harris Eliska Xorazm viloyati Xavfsiz turizmni ta’minlash boshkarmasi xodimlariga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Iphone se” rusumli qo‘l telefoni sayohat qilayotgan vaqtda qaerdadir unitib qoldirganini aytib, topishda amaliy yordam so‘ragan.
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari unutib qoldirilgan “Iphone se” rusumli telefonni topib, o‘z egasiga kaytardi.
Sayyoh bilan suhbatlashilganida, u Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan juda mamnunligini, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
U O‘zbekistonga kelib, madaniy meros obidalarini tomosha qilish jarayonida diqqatga sazovar joylarni aynan ushbu “Iphone se” telefoniga suratga olganini va suratlar juda muhimligi sababli ham telefoni topilganidan xursand ekanini aytdi.
S.Artiqov,
Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi