Chexiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Chexiyada kecha, juma kuni prezidentlik saylovida ovoz berish boshlandi. Soat 14.00 da respublikadagi 14 ming 857 ta saylov uchastkasi ochildi. Ro‘yxatdan o‘tgan 8 million 300 saylovchi ovoz berishda qatnashadi.
Ovoz berish ikki kun davom etadi. Dastlabki natijalar bugun, 14 yanvar kuni kechki payt e’lon qilinishi kutilmoqda.
Kecha boshlangan prezidentlik saylovi respublika tarixida uchinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri va umumiy davlat rahbari saylovidir. Ushbu formatdagi birinchi saylov 2013 yilda o‘tkazilgan. Bungacha prezident parlament tomonidan saylangan.
Ro‘yxatga olingan sakkiz nafar nomzod oliy davlat lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, saylov g‘olibi ikkinchi turda aniqlanadi, u 27-28 yanvar kunlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olgan ikki nomzod keyingi turda saylovda qatnashadi.
O‘zA