Chexiyada Oʻzbekistonga sayohat targʻib etilmoqda
Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish tashabbusini birinchilardan boʻlib, Chexiyadagi vatandoshlarimiz qoʻllab-quvvatlamoqda.
Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish tashabbusini birinchilardan boʻlib, Chexiyadagi vatandoshlarimiz qoʻllab-quvvatlamoqda. Ular Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi taqdim etgan targʻibot vositalarini Chexiya boʻylab tarqatmoqda.
Shuningdek, Chexiyaning Praga shahrida faoliyat koʻrsatuvchi oʻzbek restoranlarida mijozlarga Oʻzbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targʻibot materiallari taqdim etilib, videoroliklar namoyish etilmoqda.
Bu esa kelgusida yurtimizga mazkur mamlakatdan keluvchi sayyohlar soni ortishiga xizmat qilish shubhasiz.
Maʼlumot uchun, 2017 yilda Chexiyadan 120 nafardan, 2018 yilda esa 1300 nafardan koʻproq turist kelgan. Joriy yildan eʼtiboran Chexiya Respublikasi uchun vizasiz rejim joriy etildi.



